JIDU talabalari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida ma’rifiy suhbat o‘tkazildi

    Joriy yilning 4-dekabr kuni Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-kurs talabalariga “Konstitutsiya hamda Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

     Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning huquqiy madaniyatini oshirish, Konstitutsiyaning zamonaviy davlat boshqaruvidagi o‘rni va uning jamiyat hayotidagi beqiyos ahamiyatini chuqurroq anglatish, talabalarni kelgusida vujudga kelishi mumkin bo'lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlardan ogohlantirish hamda ularni halollik ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

    Suhbat davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, unda mujassamlangan asosiy tamoyillar, davlat tuzilishi va boshqaruv tizimining konstitutsiyaviy asoslari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, asosiy Qonunga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgarish va yangiliklarni yorituvchi taqdimot namoyish etildi. Qolaversa, tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilindi.