JIDU vakillari Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar

    Joriy yilning 18-21 noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti olimlari jamoasi Moskva shahridagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RXDU)da tashkil etilgan “MDH mamlakatlarining 17 ta BRMiga erishish yo‘li: kompleks yondashuv” nomli xalqaro konfrensiyada ishtirok etdi.

    Ushbu xalqaro darajadagi tadbirda “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasi professori I.R.Mavlanov, "Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari" kafedrasi mudiri N.R.Kadirova va boshqalar ishtirok etishdi. Konferensiyaning barcha sessiyalarida o‘zbekistonlik olimlar O‘zbekistonda BRM bo'yicha erishilgan tajriba bilan o'rtoqlashdilar.

    Shu bilan birga, ushbu konferensiya davomida JIDU va RXDU olimlari hammuallifligida tayyorlangan “Евразийская идеология и Евразийская интеграция” nomli monografiya taqdimoti bo‘lib o‘tdi.