
JIDUda “Havo transportida tashishda tashuvchining fuqarolik-huquqiy javobgarligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi
JIDUda “Havo transportida tashishda tashuvchining fuqarolik-huquqiy javobgarligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

Joriy yilning 21-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura talabalari uchun Farg‘ona davlat universiteti huquq o‘qituvchisi Salimova Diyora tomonidan Xalqaro xususiy huquqning zamonaviy tendensiyalari fani doirasida “Havo transportida tashishda tashuvchining fuqarolik huquqiy javobgarligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu darsda magistratura talabalari xalqaro xususiy huquq doirasidagi transchegaraviy tashishlarda vujudga keladigan turli huquqiy masalalarni ko‘rib chiqishga, Xalqaro Montreal konvensiyasi va boshqa milliy huquq manbaalari asosida yuzaga keladigan munosabatlarni huquqiy tartibga solish va tafovudlar vujudga kelgan taqdirda ushbu huquq manbaalarini sharhlash masalalari tahlil etishdi.
Ushbu mahorat darsi talabalarning xalqaro xususiy huquq doirasidagi bilimlarini mustahkamlashga, va olib borayotgan tadqiqotlarini turli xususiy huquq masalalari jihatidan tahlil etishiga imkon berdi.
| Sana: | 21.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 235 |
| Ulashish: |




