Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida JIDU talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida JIDU talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida JIDU talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida JIDU talabalari uchun amaliy dars tashkil etildi

    Joriy yilning 13-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yoshlar masalalari va manaviy-marifiy ishlar boyicha birinchi prorektori O.Yusupdjanov va Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi katta oqituvchisi D.Soliyev tashabbusi bilan Xalqaro huquq fakulteti 2- va 3-kurs talabalari uchun Jinoyat ishlari boyicha Mirzo Ulugbek tuman sudida amaliy dars tashkil etildi. Bu tashabbus nazariy bilimlarni amaliyot bilan boglashga qaratilgan bolib, talabalarning kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

    Amaliy darslar doirasida bolajak xalqaro huquqshunoslarga Ozbekistonning milliy sud tizimi, jinoyat huquqi va jinoyat-protsessual qonunchiligining amalda qollanilishi bilan yaqindan tanishish imkoniyati berildi. Talabalar haqiqiy sud muhitini his qilish, sud majlisining tartib-qoidalari, ishtirokchilarning vakolatlari va sud etikasi haqida chuqur tushunchaga ega bolishdi.

    Sud majlisida talabalar Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlar bilan tanishdilar:

    Jinoyat kodeksining 276-moddasi: Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar.

    Jinoyat kodeksining 1261-moddasi: Oilaviy(maishiy) zo‘ravonlik.

    Talabalar ko‘rib chiqilgan ishlar misolida dalillarni tekshirish, guvohlarni so‘roq qilish, prokurorning ayblov nutqi va himoyachining himoya nutqini tinglash jarayonlarini bevosita kuzatishdi. Bu, ayniqsa, xalqaro huquqni milliy huquq bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.