“Falsafa” fani doirasida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

    2026-yil 8-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakultetining 1-bosqich bir guruh talabalari uchun “Falsafa” fani doirasida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot  o‘qituvchilar M.Alijonov va N. Kushaeva rahbarligida o‘tkazildi. Amaliy mashgulot mavzusiTarix falsafasibagishlangan holda fan dasturiga muvofiq ravishda tashkil etildi.

    Mashg‘ulot davomida talabalar markaz ekspozitsiyalari bilan tanishib, tarixiy jarayonlarning falsafiy talqini, sivilizatsiyalar rivoji hamda madaniy merosning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Interaktiv taqdimotlar, ekskursiyalar va muhokamalar orqali nazariy bilimlar amaliy misollar bilan boyitildi. Bu esa talabalarning tarixiy tafakkurini kengaytirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

    Mazkur amaliy mashg‘ulot talabalar uchun fan doirasida o‘rganilayotgan nazariy bilimlarni real tarixiy manbalar asosida chuqurlashtirish, savollar berish va interaktiv muhitda fikr almashish imkonini berdi. Bunday tashriflar talabalar bilimini boyitish bilan birga ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.