
JIDUda AQSHning Penn State Dickinson Law huquq maktabi vakili ishtirokida ma’ruza tashkil etildi
JIDUda AQSHning Penn State Dickinson Law huquq maktabi vakili ishtirokida ma’ruza tashkil etildi

2026-yil 16-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) AQSHning Pensilvaniya shtat universiteti (Pennsylvania State University) tarkibidagi Penn State Dickinson Law huquq maktabi vakili Stiven Barns (Stephen Barnes) ishtirokida mehmon ma’ruzasi tashkil etildi.
Ma’ruza davomida AQSH Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining vakolatlari, shuningdek, prezident vakolatlarining kengayishi bilan bog‘liq AQSH Oliy sudining so‘nggi qarorlari muhokama qilindi. Mazkur mavzular talabalarga AQSH konstitutsiyaviy tuzumi va huquqiy tizimining o‘ziga xos jihatlarini chuqurroq anglash imkonini berdi.
Shuningdek, talabalar Penn State Dickinson Law huquq maktabida magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatlari, qabul talablari hamda stipendiya dasturlari bilan tanishdilar. Ushbu oliy ta’lim muassasasida JIDUning qariyb 20 nafar bitiruvchisi tahsil olgani va diplom olgani mazkur uchrashuvning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.
Ma’ruza talabalarning konstitutsiyaviy huquq sohasidagi bilimlarini kengaytirish, xalqaro akademik hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda AQSHda oliy ta’lim olish imkoniyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qildi.




