
Barqaror rivojlanish maqsadlari ommaviy axborot vositalarida: dotsent L.M. Tashpulatova teleko‘rsatuv va radio efirlarida ekspert sifatida ishtirok etdi
Barqaror rivojlanish maqsadlari ommaviy axborot vositalarida: dotsent L.M. Tashpulatova teleko‘rsatuv va radio efirlarida ekspert sifatida ishtirok etdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Laylo Tashpulatova 2026-yil davomida televideniye va radio efirlarida ekspert sifatida chiqishlar qilib, Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq iqtisodiy va xalqaro masalalarni keng jamoatchilikka tushuntirib berdi.
6-fevral kuni “Poytaxt” radiosining (FM 107.2) rus tilidagi 35-sonli podkastida tashqi siyosat natijalari haqida so‘z yuritildi (BRM 17). 2-aprel kuni “Poytaxt” radiosidagi “Markaziy Osiyo: hamkorlikning yangi bosqichi” mavzusidagi intervyuda mintaqaviy hamkorlik, energetika va iqlim masalalari muhokama qilindi (BRM 7, 13, 17).
“Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Актуально: Студия” ko‘rsatuvida L. Tashpulatova uch marta ekspert sifatida ishtirok etdi: 15-aprel kuni mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb etish (BRM 8, 17), 4-may kuni mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor islohotlari (BRM 1, 3, 8) hamda 20-may kuni “Tashabbusli budjet” (BRM 3, 4, 16) mavzularida fikr bildirdi.
Ushbu chiqishlar universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati va ekspert bilimlarini jamiyat bilan baham ko‘rish, aholining barqaror rivojlanish masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirishga qo‘shgan hissasini namoyon etadi.
| Sana: | 06.02.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 7 |
| Ulashish: |



