
“BRM va Bag‘rikenglik” mavzusida ma’rifat va ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi
“BRM va Bag‘rikenglik” mavzusida ma’rifat va ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilnig 10,11,12-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining barcha fakultet talabalarini qamrab olgan holda “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari va Bag’rikenglik” mavzusida ma’rifat va ma’naviyat darsi o’tkazildi.
Ma’rifat soati xalqaro “Bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu darsda talabalarga barqaror rivojlanish maqsadlari nima, uning qanday tamoyillari mavjud, nechta maqsaddan tashkil topganligi, bag‘rikenglik tushunchasi va uning BRMlari bilan qanday aloqasi borligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’rifat soati davomida talabalar bag‘rikenglik (Tolerance) tushunchasining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati qanday ekanligi, uning turlari, nima uchun global miqyosda muhim o’rin egallashi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
| Sana: | 12.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 52 |
| Ulashish: |



