
JIDUda “DiploFrame” klubining ochilish marosimi o‘tkazildi
JIDUda “DiploFrame” klubining ochilish marosimi o‘tkazildi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “DiploFrame” klubi ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu muhim voqea nafaqat loyihaga rasman yo‘l ochdi, balki xalqaro munosabatlar, diplomatiya va shaxsiy rivojlanishga qiziquvchi talabalar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ham ochdi.
Tadbir JIDU talabalari va boshqa oliy ta’lim muassasalaridan taklif etilgan mehmonlarni bir joyga jamlab, noyob muloqot muhitini yaratdi. Qizg‘in bahs-munozaralar davomida ishtirokchilar yoshlarning tashabbuskorligi va siyosiy faolligidan tortib, samarali rahbarlik va shaxsiy o‘sish sirlarigacha bo‘lgan keng qamrovli mavzularni muhokama qildilar.
Tadbirda ishtirok etgan faxrli mehmonlar quyidagilar bo‘ldi:
1. Rasulov Adham G‘afurovich - JIDU professori, diplomat, diplomatik faoliyatning nozik tomonlari va zamonaviy global siyosatning dolzarb muammolari haqida so‘zlab berdi.
2. Shakirova Shohida Yusupovna - JIDU “Besh muhim tashabbus” markazi rahbari, Filologiya fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktori, gumanitar bilimlar, ta’limning ahamiyati va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda yoshlarning o‘rni haqida so‘zladi.
3. Hakimov Feruz Xurshid o‘g‘li - JIDU bitiruvchisi, “Mard o‘g‘loni” Davlat mukofoti sovrindori, o‘sib borayotgan avlod uchun ibrat bo‘lib, o‘zining kasbiy yo‘li haqida so‘zlab berdi va martaba o‘sishi bo‘yicha amaliy maslahatlar berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, shaxsiy maslahatlar olish va dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Loyihaning kelgusidagi maqsadlari, rejalashtirilgan faoliyat yo‘nalishlari hamda unda ishtirokchilarning o‘rni haqida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Tadbir nafaqat bilim almashish maydoniga, balki yangi g‘oyalar, hamkorlik va o‘zaro tajriba almashuv uchun samarali platformaga aylandi.



