Bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xayriya aksiyasi

Bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xayriya aksiyasi

    Bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xayriya aksiyasi

    Bolalarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan xayriya aksiyasi

    2025-yil 26-oktabr kuni JIDU Yoshlar ittifoqi, Diplomacy LC hamda bir guruh ko‘ngillilar tashabbusi bilan Respublika bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

    Tadbirning asosiy maqsadi — bolalarga quvonch ulashish, ularni e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan o‘rab olish, hamda ular o‘z kasalliklariga qarshi kurashda yolg‘iz emasliklarini eslatishdan iborat edi. Aksiya davomida ko‘ngillilar bolalar uchun ko‘ngilochar dasturlar tashkil etishdi, sovg‘alar topshirishdi va ular bilan iliq, samimiy muhitda suhbatlashishdi. 

    Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, bunday tashabbuslar yoshlar orasida ijtimoiy mas’uliyat va ko‘ngillilik madaniyatini rivojlantirishga, shuningdek, talabalar va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Yoshlar ittifoqi, Diplomacy LC klubi va barcha ishtirokchilar aksiyada faol qatnashgan ko‘ngillilarga ularning samimiyligi, mehribonligi va dunyoni yanada yaxshiroq qilishga intilishi uchun chuqur minnatdorchilik bildiradilar.