Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 16-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yuridik fanlar doktori (DSc) 11/10.01.2024.Yu.24.04 ilmiy darajasini berish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) raisi Ahmadbek Yusupov, yuridik fanga va yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shgan mamlakatimizning yetakchi akademik huquqshunoslari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi”, “Huquqiy ta’limotlar tarixi”, “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”, shuningdek, “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq" mutaxassisliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha Ilmiy kengash va uning ilmiy seminarlari faoliyati to‘g‘risida keng muhokama qilindi.
Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi, ilmiy dissertatsiyalar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi, bu boradagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bu tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ilmiy hayotida muhim voqea bo‘ldi, unda bilimdon huquqshunoslarning yuqori malakali ilmiy kadrlarini tayyorlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Sana: | 23.04.2024 |
Ko'rganlar soni: | 2105 |
Ulashish: |