Vorobyov Kirill Aleksandrovich ning 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Jahon siyosatidagi tendensiyalarning oliy taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga taʼsiri” mavzusidagi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.11/25.08.2022.S.24.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 12-may kuni soat 16:00 da JIDU Anjumanlar zali (SOK)dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari! JIDUda “Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya doirasida jahon iqtisodiyotidagi tub o‘zgarishlar va geosiyosiy omillar kuchayib borayotgan bir sharoitda Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, tashqi xatarlarga moslashuvchanlikni oshirish va uzoq muddatli barqaror o‘sishni ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. Konferensiya iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish va milliy iqtisodiyotning global tizimdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy muloqot maydonini yaratadi hamda ishtirokchilarga o‘z tadqiqotlari natijalarini taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etilishi munosabati bilan mavzuga oid ilmiy maqola va tezislar joriy yilning 5-may kuniga qadar ie_dep@uwed.uz rasmiy elektron pochtasiga elektron shaklda qabul qilinadi. Maqola shartlari va konferensiya haqida batafsil ma ’ lumot axborot xatida berilgan. Barchangizni ushbu nufuzli konferensiyada faol ishtirok etishga taklif qilamiz! 30- aprel , 2026- yil 10:00 JIDU , Konferensiyalar zali
Joriy yilning 17-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida quyidagi sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tadi: Suzish Kurash Stol tennisi ( TTJ binosida ) Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sana: 17-yanvar 17:00 Manzil: JIDU sport inshootlari
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari! Aksiya e’lon qilamiz! Kutubxonamizga kitoblar sovg‘a qiling va ularni talabalarimizga o‘qish uchun tavsiya eting! Ehtimol, aynan sizning kitobingiz yosh tadqiqotchilar uchun yaxshi hayotga yo‘llanma bo‘lar. Siz sovg‘a qilgan kitob haqida kanalimizda e’lon qilinadi. @jiduarm
Saidazimxo ‘ jayeva Mohira Husan qizi ning 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Fransiya tashqi siyosatida “yumshoq kuch”ning oʻziga xos xususiyatlari (Markaziy Osiyo misolida)” mavzusidagi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.11/25.08.2022.S.24.02 raqamli Ilmiy kengashning 202 5 -yil 2 0 - deka br kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
H URMATLI HAMKASABALAR ! Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Sizni “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) davrida Konstitutsiya: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi. Konferensiya 2025-yil 5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiyaning maqsadi — Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) sharoitida konstitutsiyaviy rivojlanishning dolzarb jihatlarini muhokama qilish, mavjud muammolarni tahlil etish hamda istiqboldagi yo‘nalishlarni belgilashdir. Tadbir doirasida ilmiy munozaralar hamda xalqaro ekspertlar ishtirokidagi fikr almashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiyada yurist-olimlar, tadqiqotchilar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari, xalqaro ekspertlar, professor-o‘qituvchilar, magistrant va mustaqil izlanuvchilar hamda ushbu mavzuga qiziquvchi barcha mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Sizning ushbu konferensiyadagi ishtirokingiz ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga va konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha xalqaro muloqotni kuchaytirishga muhim hissa qo‘shishiga ishonamiz. Hurmat bilan, JIDUning “Xalqaro huquq” fakulteti “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlar” kafedrasi.
JIDUning “Sharq tillari” kafedrasi qoshida “Arab tili klubi” o‘z faoliyatini boshladi. Klubning asosiy maqsad va vazifalari: Matn bilan ishlash malakalarini shakllantirish; Xattotlik san'ati haqida to'liq ma'lumotlar berish va amaliy mashg'ulotlar o'tkazish; Arab tilida siyosiy hamda ijtimoiy matnlar ustida ishlash, tarjima texnikasini talabalarda shakllantirish; Talabalarda arab tilida gapirish ko'nikmasini shakllantirish. “Arab tili klubi” o'quv jarayoni davomida ham oflayn (universitet hududida) va onlayn (telegram kanal/guruh) tarzda faoliyat olib boradi. Shu munosabat bilan barchangizni ushbu klubda faol qatnashishga chaqiramiz. Murojaat uchun: https://t.me/sandman_s Telegram kanalimiz: https://t.me/+LoI5mhY2RwI1NjMy
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o'qituvchilari va talabalari! JIDUning Sharq tillari kafedrasi qoshida Xitoy tili klubi o'z faoliyatini boshladi. Klubning asosiy maqsad va vazifalari: - talabalar orasida xitoy tiliga qiziquvchi talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish; - xitoy xalqi madaniyati bilan yaqindan tanishish; - xitoy tilini o'rganuvchi talabalarni notiqlik mahoratini o'stirish; - xitoy tili daraja imtixonidan duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish. Xitoy tili klubi o'quv jarayoni davomida ham offline (universitet hududida) va online (telegram kanal/guruh) tarzda faoliyat olib boradi. Shu munosabat bilan barchangizni ushbu klubda faol qatnashishga chaqiramiz. Murojaat uchun: D korpus “Sharq tillari” kafedrasi, 212-xona