
E'lon
E'lon
Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari!
JIDUda “Global geoiqtisodiy jarayonlar transformatsiyasi sharoitida Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini ta'minlashning asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiya doirasida jahon iqtisodiyotidagi tub o‘zgarishlar va geosiyosiy omillar kuchayib borayotgan bir sharoitda Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, tashqi xatarlarga moslashuvchanlikni oshirish va uzoq muddatli barqaror o‘sishni ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Konferensiya iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirish, innovatsion rivojlanishni jadallashtirish va milliy iqtisodiyotning global tizimdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan ilmiy muloqot maydonini yaratadi hamda ishtirokchilarga o‘z tadqiqotlari natijalarini taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etilishi munosabati bilan mavzuga oid ilmiy maqola va tezislar joriy yilning 5-may kuniga qadar ie_dep@uwed.uz rasmiy elektron pochtasiga elektron shaklda qabul qilinadi.
Maqola shartlari va konferensiya haqida batafsil ma’lumot axborot xatida berilgan.
Barchangizni ushbu nufuzli konferensiyada faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
30-aprel, 2026-yil
10:00
JIDU, Konferensiyalar zali