JIDUda “Sun’iy intellekt va inson huquqlari” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Sun’iy intellekt va inson huquqlari” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Sun’iy intellekt va inson huquqlari” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Sun’iy intellekt va inson huquqlari” mavzusida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 22-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kursi doirasida mehmon ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    Hindistondan taklif etilgan mehmonlar: Dhirubhay Ambani Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari instituti (Gandinagar, Gujarat) Huquq maktabi dotsenti doktor Niteesh Kumar Upadhyay va Dehli universiteti huquq fakulteti katta assistent-professori doktor Arti Aneya ma’ruza qildilar. Ma’ruza “Sun’iy intellekt va inson huquqlari: muammolar va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlandi.

    Ma’ruza davomida mehmonlar sun’iy intellekt va inson huquqlarining o‘zaro ta’siri, sun’iy intellektni rivojlantirishda global aktorlarning o‘rni, sun’iy intellektning inson huquqlariga ta’sirining ijobiy va salbiy oqibatlari masalalarini ko‘rib chiqdilar.

    JIDU tomonidan tadbirda Xalqaro huquq va ommaviy-huquq fanlari kafedrasi mudiri Kadirova Nargiza hamda ushbu kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Mehmonlar talabalar bilan faol muloqot qilib, ularga savollar berishdi, talabalar esa o‘z navbatida dolzarb mavzularga yuqori qiziqish bildirib, munozaralarda faol ishtirok etishdi.

    Muhokama sun’iy intellektni qo‘llashning axloqiy, huquqiy va siyosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tish imkonini berdi hamda talabalar va mutaxassislar o‘rtasida qizg‘in fikr almashinuviga sabab bo‘ldi.