JIDUda “Konstitutsiya – inson qadr-qimmati, erkinligi, tengligi va adolatining kafolati!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

    2025-yil 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri “Konstitutsiya – inson qadr-qimmati, erkinligi, tengligi va adolatning kafolati!” shiori ostida o‘tkazildi.

    Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.A. Yusupdjanov ochib berdi. So‘ngra taklif etilgan mehmon – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Abdumannop Rahimov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquq va erkinliklarini mustahkamlash borasidagi amaliy natijalar, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida davlat boshqaruvining demokratik tamoyillarini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Tadbir davomida “Konstitutsiya oyligi” doirasida tashabbus ko‘rsatib, namunali faoliyat yuritgan professor-o‘qituvchilar va talabalar taqdirlandi.

    Dasturning badiiy qismida iqtidorli talabalar Vatanni madh etuvchi she’rlar, kuylar va qo‘shiqlar ijro etishdi. Bundan tashqari, universitetning “Diplomat” teatr studiyasi tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, konstitutsiyaviy normalarning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

    Ushbu tadbir Konstitutsiyaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rnini keng yoritish, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati tamoyillarini ommalashtirish, yoshlarning huquqiy madaniyati va mas’uliyatini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish uchun muhim ma’naviy-ma’rifiy maydon vazifasini o‘tadi.