
JIDU professori “Oqila ayollar” forumida ishtirok etdi
JIDU professori “Oqila ayollar” forumida ishtirok etdi

Joriy yilning 12-avgust kuni poytaxtimizda “Oqila ayollar” harakati tashkil etilganining 3 yilligi munosabati bilan tantanali anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi raisi, professor E.Sultanova ishtirok etdi.
Tadbirni bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ochib berar ekan, bu harakatning yurtimiz ijtimoiy hayotidagi o‘rni, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Anjumanda ta’kidlanganidek, “Oqila ayollar” o‘z faoliyatini oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarni kamaytirish, erta nikohlar, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, yoshlarda ma’rifat va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish kabi muhim masalalarga yo‘naltirmoqda. Bundan tashqari, “Oqila ayollar” harakati faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, jamiyatda uning ta’sirini yanada kuchaytirishga qaratilgan bir qator amaliy taklif va tavsiyalar qabul qilindi. Jumladan, “Oila maktablari”ni keng joriy etish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni ilg‘or yechimlar orqali hal etish va media faollikni kuchaytirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.
Tadbir yakunida respublika “Oqila ayollar” harakatining istiqboldagi vazifalari, ustuvor yo‘nalishlari hamda ayollar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq amaliy taklif va tavsiyalar o‘z ifodasini topgan Forum rezolyutsiyasi qabul qilindi.