Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to’lov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to’lov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to’lov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida to’lov-shartnoma miqdori oshirilishiga asosnoma

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi «Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari» to‘g‘risidagi PQ-3795 sonli, shuningdek 2021-yil 24-dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-61-son qarorlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va universitetni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda hamda ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorini 3 barobargacha oshirishga ruxsat etilgan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmonlariga asosan, xodimlar va professor-o‘qituvchilar oylik ish haqi miqdori 2024-yil 1-oktabrdan 10% oshirildi va joriy yilning 1-avgustidan yana 10% oshirilishi belgilangan bo‘lib, umumiy o‘sish 20% tashkil qiladi. 2024-yilda tovar va xizmatlar bo‘yicha rasmiy inflyatsiya o‘rtacha 10% tashkil etdi. Shuningdek, kommunal xizmatlari (issiqlik energiyasi) narxlari ham 2024-2025 yillarda 15% oshdi.

    Universitet hisobiga kelib tushadigan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan ta’lim sifatini yanada yaxshilash, xodimlar va professor-o‘qituvchilarning ish haqi va unga tenglashtilgan to‘lovlarni joriy inflyatsiya (10%) darajasida oshirish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va munosib rag‘batlantirib borish, infratuzilmani yanada rivojlantirish maqsadida to‘lov-kontrakt miqdorini bozor qiymatiga yaqinlashtirish va raqobatbardosh qiymatlar darajasida belgilash maqsadga muvofiq.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarorida xalqaro miqyosda tan olingan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini JIDU akademik va ilmiy jarayonlariga jalb etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriq doirasida JIDUga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish orqali xalqaro akademik muhitni shakllantirish choralari ko‘rilmoqda.

    Bundan tashqari, ushbu mablag‘lar Universitetni joriy va kapital (qisman) ta’mirlash ishlariga, Talabalar turar joyidagi sharoitlarni yaxshilash, sport majmualarini ta’mirlash va Axborot-resurs markazi imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

    2024/2025 o‘quv yilidan boshlab 3-kurslarda darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladigan “pilot” guruhlari tashkil qilindi va mazkur tajriba-sinov ijobiy natijalar berdi. Yangi o‘quv yilida ushbu tajribani 3-4-kurslarda davom ettirish rejalashtirilgan.

    Shunday qilib, bu yondashuv yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish va raqobatbardosh ta’lim muhitini shakllantirishda muhim omillardan biri bo‘lmoqda.

    Yuqorida bayon etilgan omillar hamda universitetning 2025-2026-yillarda kutilayotgan xarajatlarini inobatga olgan holda, bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida o‘qitish qiymati miqdorlarini 2025-2026-o‘quv yilidan boshlab quyidagi tartibda 15% oshirish (indeksatsiya qilish) JIDU Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlandi:

     

    Ta’lim yo‘nalishlari nomi

    Stipendiyasiz

    (ming so‘m)

    Stipendiyali (ming so‘m)

    I.Bakalavriat

    -

    1-2- kurs talabalari

    33 750,00

    40 586,02

    -

    3-4-kurs talabalari

    27 301,00

    34 137,02

    -

    Bakalavriat xorijiy talabalar
    (O‘Rda doimiy yashash hujjatga ega)

    38 400,00

    -

    -

    Bakalavriat xorijiy talabalar (viza)

    44 800,00

    -

    II.Magistratura

    -

    Magistratura talabalari

    34 560,00

    41 396,02

    -

    Magistratura xorijiy talabalar (O‘Rda doimiy yashash hujjatiga ega)

    44 800,00

    -

    -

    Magistratura xorijiy talabalar (viza asosida)

    51 200,00

    -

     Ma’lumot uchun. JIDUning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va ta’lim sifatini yuqori darajada saqlab turish maqsadida kechki, sirtqi va masofaviy ta’lim shakllarini yo‘lga qo‘yilmaganligi sababli universitetning moliyaviy barqarorligining katta qismi kunduzgi ta’lim shakli to‘lov-kontrakt hisobidan amalga oshirilmoqda.