JIDUda TIDA debat turnirining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 19-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida TIDA debat turnirining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Turnir “UWED Ecoclub” Ekologik klubi tashabbusi bilan tashkil etildi hamda “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishiga va xavfsizlikka barqarorlikni ta’minlash uchun suv sektorida oliy ta’limni mustahkamlash” (HWCA) loyihasi doirasida O‘zbekistonning Ekologik partiyasi va ZIYO Forumi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

    Munozaralar davomida ishtirokchilar ekologik barqarorlik, yashil texnologiyalar, suv resurslarini boshqarish, iqlim o'zgarishi va qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi mavzularda o'z fikrlarini almashib, amaliy yechimlar taqdim etdilar.

    Final bosqichida g'olib va sovrindor jamoalar esdalik sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimidan so'ng universitet bog'ida daraxtlar ekildi.