“Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

    “Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

    “Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi

     O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Shartnoma-huquq boshqarmasi Ko‘p tomonlama shartnomalar bo‘limi boshlig‘i Murodilla Rixsiboev ishtirokida “Xalqaro huquq” fakulteti 4-kurs talabalari uchun “Xalqaro shartnomalar huquqi” fani doirasida “Xalqaro shartnomalarni tuzish” mavzusida master-klass o‘tkazildi. Tadbir davomida xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish, muzokaralar yuritish, shartnoma matnini qabul qilish va autentifikatsiya qilish, shuningdek, uni imzolash hamda ratifikatsiya qilish tartib-taomillari atroflicha yoritildi. Bundan tashqari, ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzish va ularga qo‘shilishning huquqiy hamda amaliy jihatlariga doir ilmiy-amaliy tahlil taqdim etildi.

    Ma’ruza chog‘ida Murodilla Rixsiboev xalqaro shartnomalarning davlatlararo munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rni, hamda tashqi siyosiy hamkorlikni huquqiy jihatdan mustahkamlashdagi muhim ahamiyatini alohida ta’kidladi. Shuningdek, amaliy misollar asosida ko‘p tomonlama shartnoma loyihalarini tayyorlashdagi zamonaviy tendensiyalar va xalqaro amaliyotda kuzatiladigan o‘ziga xos jihatlar haqida ma’lumot berildi.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va muhokama etilgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Mazkur master-klass talabalarning xalqaro shartnomalar huquqi sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirishga, nazariy asoslarni amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirishga hamda ularning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.