JIDU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar

JIDU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar

    JIDU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar

    JIDU talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar

    Joriy yilning 25-noyabr kuni “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-kurs talabalari kurs koordinatori A.Bazarov rahbarligida Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

    Tashrifdan koʻzlangan maqsad talabalarda milliy oʻzlikni anglash, tarixiy xotira va ajdodlarimiz merosiga hurmat tuygʻusini mustahkamlash, ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitishdan iborat.

    Muzey ekskursovodlari talabalarni Amir Temur va temuriylar davri tarixi, davlatchilik anʼanalari, ilm-fan, madaniyat va meʼmorchilik sohasidagi yutuqlar bilan tanishtirdilar. Talabalar muzeydagi qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar, numizmatika namunalari va boshqa noyob eksponatlarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.

    Sohibqiron Amir Temurning davlat boshqaruvi va diplomatiya sohasidagi qarashlari boʻlajak xalqaro munosabatlar mutaxassislari uchun ayniqsa ahamiyatli boʻldi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

    Tashrif yakunida talabalar bunday tadbirlar tariximizni chuqurroq anglash va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.