JIDUda xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 23-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Konstitutsiya oyligi doirasida hamda «Gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faollik» xalqaro kampaniyasi arafasida xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

    Mazkur tadbir JIDU huzurida faoliyat yurituvchi NEXTGEN DIPLOMATS CLUB hamda Xalqaro huquq va ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti Zarina Israilova tashabbusi bilan o‘tkazildi.

    Davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan xotin-qizlar va bolalarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari, ularni himoya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari, gender tengligini ta’minlash, shuningdek, zo‘ravonlikning oldini olish mexanizmlari muhokama qilindi.

    Mazkur tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 5-maqsad — «Gender tengligi» hamda 16-maqsad — «Tinchlik, adolat va samarali institutlar» bilan hamohangdir.

    Ishtirokchilar dolzarb huquqiy masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, zo‘ravonlikka qarshi kurashishda aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda jamoatchilik faolligini kuchaytirishning muhim ahamiyatini ta’kidladilar.

    Davra suhbati talabalarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, inson huquqlariga hurmat ruhini shakllantirish hamda jamiyatda gender tengligi tamoyillarini ilgari surishga xizmat qildi.