
JIDU Yuridik klinikasida “Angliya huquqi va yuridik psixologiya” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDU Yuridik klinikasida “Angliya huquqi va yuridik psixologiya” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida talabalar va klinika rahbariyati ishtirokida “Angliya huquqi va yuridik psixologiya” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni xalqaro ekspert, psixologiya fanlari doktori, dunyoning yetakchi audit kompaniyalaridan biri PricewaterhouseCoopers (PwC, Buyuk Britaniya) mutaxassisi Delia Askarova olib bordi.
Ingliz tilida o‘tkazilgan trening Angliya va Uelsning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan huquqiy tizimiga bag‘ishlandi. Ishtirokchilar Angliya va Uels huquqining asosiy xususiyatlari hamda yuridik faoliyatda psixologiyaning o‘rni, jumladan, mijozlar bilan ishonchli munosabat o‘rnatish, turli madaniyat va jins vakillari bilan samarali muloqot qilish, kasbiy stress va bosimni boshqarish masalalarini o‘rgandilar. Guruh muhokamalari, videomateriallar tahlili va amaliy vaziyatlarga asoslangan mashqlar orqali talabalar o‘zaro tajriba almashib, yangi ko‘nikmalarni amalda qo‘llash imkoniga ega bo‘ldilar.
| Sana: | 24.11.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 24 |
| Ulashish: |




