JIDUda faktoring va forfeyting xalqaro shartnomalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda faktoring va forfeyting xalqaro shartnomalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda faktoring va forfeyting xalqaro shartnomalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda faktoring va forfeyting xalqaro shartnomalariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 18-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirish doirasida “Xalqaro biznes huquqi” magistratura yo‘nalishi magistrantlari uchun “Xalqaro tijorat bitimlari” fani doirasida faktoring va forfeyting xalqaro shartnomalarini huquqiy tartibga solish masalalariga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi. Mazkur tadbir magistrantlarning nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish maqsadida Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi professori Imamova Dilfuza tomonidan tashkil etildi.

    Tadbirga taklif etilgan mutaxassis sifatida KDB Bank Uzbekistan yuridik boshqarmasi boshlig‘i Islomov Bunyod ishtirok etdi.

    Mahorat darsi davomida Islomov Bunyod faktoring xalqaro shartnomalarining huquqiy tabiati, ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari, ularni tuzish tartibi, taraflarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, mazkur shartnomaviy mexanizmlarning bank amaliyotida qo‘llanilish xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, faktoring va forfeyting mexanizmlari, ularning o‘xshash va farqli jihatlari, qo‘llaniladigan huquqni aniqlash hamda tegishli shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi ko‘rgazmali misollar asosida tushuntirildi. Bundan tashqari, taklif etilgan mutaxassis bank sohasida shartnomaviy faoliyatni huquqiy jihatdan ta’minlash borasidagi amaliy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

    Magistrantlar muhokama etilayotgan mavzuga katta qiziqish bildirdilar, munozaralarda faol ishtirok etdilar hamda faktoring va forfeyting shartnomalarini tuzish va bajarishning huquqiy hamda amaliy jihatlariga oid savollar berdilar. Berilgan savollarga batafsil va mazmunli javoblar qaytarilib, ishtirokchilarga o‘rganilayotgan shartnomaviy vositalarning xalqaro tijorat va bank amaliyotida qo‘llanilish xususiyatlarini yanada chuqurroq anglash imkonini berdi.

    Mahorat darsining o‘tkazilishi 4-maqsad “Sifatli ta’lim”ni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shdi. Mazkur maqsad barcha uchun inklyuziv va adolatli sifatli ta’limni ta’minlash, shuningdek, butun umr davomida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Xususan, tadbir ishga joylashish, munosib mehnat faoliyatini amalga oshirish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan talab yuqori kasbiy ko‘nikmalarga ega yoshlar va kattalar sonini oshirishni nazarda tutuvchi 4.4-vazifaga muvofiq keladi. Bank va shartnoma huquqi sohasida faoliyat yurituvchi amaliyotchi mutaxassisning jalb etilishi magistrantlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish va amaliy bilimlarini kengaytirishga xizmat qildi.

    Bundan tashqari, tadbir 16-maqsad “Tinchlik, adolat va samarali institutlar”, xususan, qonun ustuvorligini ta’minlash va odil sudlovdan teng foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan 16.3-vazifaga ham mos keladi. Faktoring va forfeyting xalqaro shartnomalarini huquqiy tartibga solish, shuningdek, ularni tuzish va bajarish bilan bog‘liq nizolarni hal etish mexanizmlarini o‘rganish bo‘lajak yuristlarning huquqiy madaniyati va kasbiy-huquqiy tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Mahorat darsi, shuningdek, 17-maqsad “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik”, xususan, fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi 17.6-vazifaga ham muvofiq keladi. Universitetning professional yuridik hamjamiyat vakili bilan hamkorligi amaliy tajriba almashish, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limni rivojlantirish hamda akademik muhit bilan yuridik amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    O‘tkazilgan mahorat darsi ta’lim jarayonini takomillashtirish, magistrantlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida universitet va professional yuridik hamjamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga muhim hissa qo‘shdi.