JIDU o‘qituvchisi intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi

JIDU o‘qituvchisi intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi

    JIDU o‘qituvchisi intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi

    JIDU o‘qituvchisi intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi Solixa Abduraximova 2026-yilning 9–12-noyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul shahrida tashkil etilJIDU o‘qituvchisi intellektual mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdigan “Biznes muvaffaqiyati uchun intellektual mulk aktivlarini boshqarish” mavzusidagi Ilg‘or xalqaro sertifikat kursining (AICC) oflayn bosqichida ishtirok etdi.

    Mazkur xalqaro malaka oshirish kursi Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO), Koreya Respublikasi Intellektual mulk vazirligi (MOIP), Koreya ixtirochilikni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi (KIPA) hamda Koreya ilg‘or fan va texnologiyalar instituti (KAIST) hamkorligida tashkil etildi.

    Kurs doirasida xalqaro ekspertlar, professorlar va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan intellektual mulkni boshqarishning zamonaviy huquqiy va amaliy jihatlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar o‘tkazildi.

    Xususan, mashg‘ulotlar davomida innovatsiyalarni boshqarish, intellektual kapital qiymatini aniqlash, tadbirkorlik faoliyatida intellektual mulkdan samarali foydalanish strategiyalari, WIPO xizmatlari va tizimlari, intellektual mulkni tijoratlashtirish va monetizatsiya qilish, baholash hamda moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, intellektual mulk reytingi kabi dolzarb masalalar atroflicha yoritildi.

    Bundan tashqari, sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanayotgan sharoitda intellektual mulk huquqining yangi muammolari, yuzaga kelayotgan nizolar va ularni hal etishning zamonaviy yondashuvlariga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur xalqaro ta’lim tashabbusi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, 4-maqsad – “Sifatli ta’lim”, 9-maqsad – “Sanoatlashtirish, innovatsiya va infratuzilma” hamda 17-maqsad – “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” tamoyillariga hamohangdir.

    Intellektual mulkni samarali himoya qilish va boshqarish innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda xalqaro tajribani o‘rganish va malakali mutaxassislar tayyorlash zamonaviy huquqiy ta’limning ustuvor vazifalaridan biridir.

    Xalqaro malaka oshirish dasturlarida JIDU professor-o‘qituvchilarining ishtiroki universitetning akademik salohiyatini oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.