“Siyosiy partiyalar” mavzusida 1-bosqich talabalari uchun UZLIDEP deputatlari ishtirokida amaliy sayyor mashg‘ulot va mahorat darsi tashkil etildi

    Joriy yilning 11-noyabr kuni “Politologiya” fani doirasida 1-bosqich talabalari uchun “Siyosiy partiyalar” mavzusida deputatlar ishtirokida amaliy sayyor mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur tadbir Politologiya kafedrasi o‘qituvchisi Maratova Xurliman rahbarligida o‘tkazildi.

    Tadbir davomida deputatlar tomonidan talabalar uchun mahorat darsi tashkil etilib, unda siyosiy partiyalarning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, ularning asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari hamda deputatlik faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

    Shuningdek, siyosiy partiyalarning qonunchilik jarayonidagi ishtiroki, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, aholi bilan muloqot qilish va dolzarb ijtimoiy masalalarni hal etishdagi o‘rni xususida fikr almashildi. Uchrashuv davomida 1-bosqich talabalari deputatlar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va siyosiy jarayonlar yuzasidan fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Mazkur sayyor mashg‘ulot talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, siyosiy dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy savodxonligini oshirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.