
JIDUda axborot, texnologiya va huquq: zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi
JIDUda axborot, texnologiya va huquq: zamonaviy muammolariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi

2026-yilning 26-oktabr kuni Xalqaro axborot huquqi fani doirasida 4-kurs talabalari uchun JIDU “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi professori N.Nugmanov va Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MChJning EdTech va HRTech rivojlantirish hamda arxitektura bo‘limi boshlig‘i Yuridik bo‘limi Rustamxo‘ja Alisherxo‘jayevich Ishanov tomonidan “Axborot, texnologiya va huquq: zamonaviy muammolari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mutaxassis tomonidan Xizmatning mavjud emasligi, qat’iy xulosalar, javobgarlik va kompensatsiya masalalari, shuningdek, Raqamli yechimga oid beshta savol: Vakolat (kim harakat qilish huquqiga ega), Ma’lumotlar rejimi (qanday ma’lumotlardan va qaysi huquqiy asosda foydalaniladi), Avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish (nimalar algoritm, nimalar esa inson tomonidan hal etiladi), Tashqi bog‘liqliklar (xizmat ishlashi uchun nimalarga tayanadi) hamda Hisobdorlik va shikoyat qilish tartibi (kim tushuntirish beradi, tuzatishlarni amalga oshiradi va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi) batafsil ko‘rib chiqildi.
Mahorat darsi davomida mutaxassis tomonidan sun’iy intellekt davrida zararni qoplash bo‘yicha da’volar asosiy majburiyat, uning buzilish holati, sababiy bog‘liqlikni hamda zarar miqdorini baholashni talablari hamda BMTning Kiberjinoyatchilikka qarshi konvensiyasi doirasida ko‘riluvchi huquqiy masalalarga alohida tushuntirishlar berildi.
Ushbu mahorat darsi talabalarga texnologiyalarning amaliyotda ishlashi va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha amaliy tajribalarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etdi.




