JIDUda gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

JIDUda gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    JIDUda gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    JIDUda gender tengligi masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    “Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi” doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining 5-maqsadi — “Gender tengligi”ga bag‘ishlangan “To‘siqlarni yengib: O‘zbekistonda gender tengligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

    Xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va akademik hamjamiyat vakillarini birlashtirgan tadbirda O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasidagi yutuqlar, mavjud muammolar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

    Davra suhbatida BMTning Gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha tuzilmasi (UN Women) dastur tahlilchisi Caitlin Schobinger Carmody, dastur assistenti Khadicha Khoshimova hamda Nemolchi.uz loyihasi asoschisi va bosh direktori Irina Matvienko ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

    Muhokamalar davomida ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish, jamiyatdagi gender stereotiplarini bartaraf etish hamda yoshlarning tenglik va kamsitishga qarshi kurashishdagi faol ishtirokini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Tadbir gender tengligi sohasida xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati va akademik hamjamiyat o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, ilg‘or tajribalar almashinuvini rag‘batlantirish hamda yoshlarning ushbu global maqsadga erishishdagi mas’uliyatini oshirishga xizmat qildi.