Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida akademik litsey o‘quvchilari uchun ma’rifiy tadbir tashkil etildi

    2026-yil 2-noyabr kuni Barqaror rivojlanish maqsadlari haftaligi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakultetining 2-bosqich talabalari Murodova Madina, Murodullayeva Malikabonu va Qosimova Shukrinsa tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari uchun ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

    100 nafar o‘quvchini qamrab olgan tadbir davomida ishtirokchilar Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan, 4-maqsad — “Sifatli ta’lim”, 13-maqsad — “Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash” hamda 3-maqsad — “Salomatlik va farovonlik” masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va yoshlar orasida ekologik madaniyatni shakllantirishning ahamiyati ta’kidlandi.

    Olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida interaktiv viktorina va savol-javoblar tashkil etildi. Eng faol ishtirokchilar o‘z bilim va faolliklarini namoyon etib, esdalik sertifikatlari bilan taqdirlandilar.

    Mazkur tashabbus yoshlar orasida barqaror rivojlanish tamoyillarini keng targ‘ib qilish, ekologik ong va ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga xizmat qildi.