JIDU talabalari Turkiya Respublikasi kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram konsertida ishtirok etdilar

    2026-yil 30-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) Xalqaro huquq fakulteti talabalari ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Nargiza Voxidova hamrohligida Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bayram konsertida ishtirok etdilar. Turkiya Respublikasining eng muhim milliy bayramlaridan biri — Respublika kuni (Cumhuriyet Bayramı) munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda taniqli turk xonandasi Mustafa Ceceli konsert dasturi bilan chiqish qildi.

    Konsert talabalarga turk musiqasi va madaniyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Turkiya tarixidagi muhim sanalardan biriga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etish imkoniyatini yaratdi. Mazmunli musiqiy dastur va ko‘tarinki bayramona muhit turli jamoalar vakillarini birlashtirib, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va madaniy hamjihatlik ruhini namoyon etdi.

    Bunday tadbirlarda ishtirok etish JIDU talabalari uchun turli xalqlarning madaniyati bilan yaqindan tanishish, madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro do‘stlik va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning ahamiyatini chuqurroq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Mazkur bayram tadbiri madaniy diplomatiyaning xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirish, o‘zaro anglashuv va hamkorlikni mustahkamlashdagi muhim o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.