“Mustaqillik darsi” doirasida qatag‘on qurbonlari va jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Mustaqillik darsi” doirasida qatag‘on qurbonlari va jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    “Mustaqillik darsi” doirasida qatag‘on qurbonlari va jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    “Mustaqillik darsi” doirasida qatag‘on qurbonlari va jadidlar xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi PQ–270-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

    Shu munosabat bilan joriy yilning 29-avgust kuni universitetga o‘quv jarayoni boshlanishidan avval kelgan hamda talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashayotgan talabalar ishtirokida “Mustaqillik darsi” doirasida qatag‘on qurbonlari va jadidchilik harakati namoyandalari xotirasiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

    Tadbir davomida ishtirokchilarga jadidchilik harakatining vujudga kelishi, uning xalqimizning milliy uyg‘onishi, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va zamonaviy ta’lim tizimi rivojidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, siyosiy qatag‘onlar davrida begunoh qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti, ularning Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona faoliyati keng yoritildi.

    Tadbirning alohida qismi O‘zbekistonning ilk ayol huquqshunoslaridan biri, O‘zSSR Bosh prokurori yordamchisi Diloro Sobirjonovna Yusupovaning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlandi. Talabalarga uning huquqshunoslik sohasidagi xizmatlari, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi hamda siyosiy qatag‘onlar davridagi fojiali taqdiri haqida ma’lumot berildi. Diloro Yusupovaning adolat va qonun ustuvorligi yo‘lidagi fidokorona faoliyati, yuksak fuqarolik pozitsiyasi hamda matonati yoshlar uchun ibrat namunasi sifatida alohida ta’kidlandi.

    Ma’rifiy tadbirning amaliy davomi sifatida talabalar “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular muzey ekspozitsiyasi va yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanishib, siyosiy qatag‘on yillarida begunoh jabrlangan yurtdoshlarimizning hayoti va taqdiri aks etgan tarixiy materiallar bilan tanishdilar.