
Rahbarning notiqlik mahorati mashg‘uloti jaroyonida yetakchi mutaxassis tomonidan master-klass o‘tkazildi
Rahbarning notiqlik mahorati mashg‘uloti jaroyonida yetakchi mutaxassis tomonidan master-klass o‘tkazildi

Joriy 2026-yilning 27-oktabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Davlat boshqaruvi magistratura yo‘nalishi tinglovchilari uchun O‘zbek va rus tillari kafedrasi tashabbusi asosida Nuriymon Abdurahim Abulhasan ishtirokida Rahbar kadrlarning ommaviy nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, auditoriyani boshqarish, ta’sirchan nutq tuzish hamda muzokaralar jarayonida o‘z fikrini ishonchli yetkazib berish mahoratini oshirish yuzasidan mahorat darsi tashkillashtirib o‘tkazildi.
Nurimon Abdurahim Abulhasan - Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimida ishlagan, keyinchalik Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i ham bo‘lganlar.
Nuriymon Abdulhasan 1994-yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al-Azhar universitetini tamomlagan. U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mashg‘ulot nazariy tushunchalar va amaliy mashqlar uyg‘unligida olib borildi. Mahorat darsi davomida quyidagi asosiy bloklar ko‘rib chiqildi:
• Nutqning tuzilishi va kirish qismi: Auditoriya diqqatini birinchi 30 soniyada jalb qilish usullari.
• Verbal va noverbal muloqot: tana tili (jestlar), qarashlar kontaktini o‘rnatish va ovoz tembrini boshqarish.
• Auditoriya bilan ishlash: tinglovchilarning kayfiyatini his qilish va provokatsion (qiyin) savollarga xotirjam javob berish texnikasi.
• Nutq oldi hayajonini yengish: rahbarlarda uchraydigan psixologik to‘siqlar va ularni bartaraf etish bo‘yicha nafas mashqlari.
Ishtirokchilar o‘z nutqlaridagi kamchiliklarni mutaxassis yordamida "teskari aloqa" (feedback) orqali tahlil qilib oldilar. Rahbarlarning jamoa oldida va tashqi hamkorlar bilan muzokaralarda o‘zini tutish strategiyasi shakllantirildi. Mashg‘ulot yakunida qatnashchilarning notiqlik darajasi ijobiy tomonga o‘zgarganligi kuzatildi. Mutaxassis tomonidan kelgusidagi tavsiyalar ham berildi, jumladan, rahbarlarning notiqlik mahoratini doimiy rivojlantirish uchun ilmiy manbalar mutolaasi; kamera qarshisida gapirish va intervyu berish ko‘nikmasini rivojlantirish kabilarga alohida to'xtaldi.
Mahorat darsi davomida magistrlarga boshqaruvda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni bartaraf qilish yo‘llari, liderlik tamoyillari, ideal boshqaruv prinsiplari haqida batafsil ma’lumot berildi. Eng yaxshi savol egalariga esdalik sovg‘alari topshirildi.



