
JIDUda moliyaviy savodxonlik va investitsiya faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda moliyaviy savodxonlik va investitsiya faoliyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Moliya va investitsiyalar jamiyati tomonidan moliyaviy savodxonlikni oshirish hamda talabalarning investitsiya sohasidagi bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda moliyaviy ekspert va investor Feruzbek Aliev ishtirok etib, “Noldan investitsiya boshlash — portfel, diversifikatsiya va kapitalni shakllantirish” mavzusida ma’ruza qildi.
Uchrashuv davomida investitsiya faoliyatini boshlashning asosiy tamoyillari, investitsiya portfelini shakllantirish, aktivlarni diversifikatsiya qilish va moliyaviy risklarni boshqarish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kapitalni bosqichma-bosqich shakllantirish, investitsiya qarorlarini qabul qilishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir talabalarning moliyaviy bilimlarini kengaytirish, investitsiya imkoniyatlari haqidagi tushunchalarini rivojlantirish va shaxsiy moliyani boshqarish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ekspert bilan ochiq muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
JIDU Moliya va investitsiyalar jamiyatining bunday uchrashuvlari talabalarning moliya va investitsiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yangi bilim va tajribalar bilan tanishish hamda kelajakdagi kasbiy rivojlanishlari uchun muhim imkoniyat yaratadi.
| Sana: | 09.10.2026 |
| Ko'rganlar soni: | 82 |
| Ulashish: |



