
JIDU rektori Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
JIDU rektori Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev AQSHning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor Bobbi Jinn bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklik, shuningdek, Missisipi shtati bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, 2012-yildan buyon Oʻzbekiston va Missisipi Milliy gvardiyasi oʻrtasida amalga oshirilayotgan hamkorlik dasturiga alohida eʼtibor qaratildi. Uning doirasida mutaxassislar almashinuvi, qoʻshma mashgʻulotlar va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik boʻyicha tadbirlar oʻtkazib kelinayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda bunday hamkorlikni favqulodda vaziyatlarga javob qaytarish, qidiruv-qutqaruv ishlari, muhim infratuzilmani himoya qilish va mutaxassislarni tayyorlash yoʻnalishlarida kengaytirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi.




