
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Konstitutsiya ko‘chasi”da faol ishtirok etdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Konstitutsiya ko‘chasi”da faol ishtirok etdi

Joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasida “Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” g‘oyasi asosida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etildi.
Ushbu muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi faol ishtirok etdi. “Konstitutsiya - inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” -mazkur g‘oya asosida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professor-o‘qituvchilari, xodimlari, magistratura va bakalavr talabalari ishtirokida boshqa universitet talabalari bilan samarali fikr almashish imkonini berdi.
Tadbir davomida Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha bilimlar viktorina va savol-javob shaklida yuqori darajada va ko‘tarinki ruhda sinovdan o‘tkazildi. Bunday interaktiv format ishtirokchilarda Konstitutsiyaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga va uni chuqur o‘zlashtirishga xizmat qildi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Konstitutsiya ko‘chasi”dagi faol ishtiroki mamlakatimizning Bosh Qonuniga hurmat, inson qadri, huquq va erkinliklariga e’tiborni kuchaytirish borasidagi sa’y-harakatlarning yorqin ifodasi bo‘ldi.
| Sana: | 05.12.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 86 |
| Ulashish: |



