Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

    Joriy yilning 21-may kuni universitetda yoshlarning tashabbuslari, innovatsion g‘oyalari hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

    Mazkur uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda talaba-yoshlarning ta’lim sifati, ilmiy izlanishlar, innovatsion faoliyat, startap tashabbuslari hamda yoshlar bandligini ta’minlashga oid taklif va mulohazalari tinglandi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish hamda istiqbolli loyihalarni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Uchrashuv davomida yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, xalqaro tajribalarni o‘rganishi, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faol ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni investitsion va amaliy platformalarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

    Tadbir yakunida talaba-yoshlarning murojaat va takliflari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida bunday ochiq muloqotlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi.