
Arab tilida notiqlik san’ati tanlovi
Arab tilida notiqlik san’ati tanlovi

Joriy yilning 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida arab tilida notiqlik san’ati bo‘yicha navbatdagi tanlov bo‘lib o‘tdi. Tanlov arab tilini o‘rganayotgan 2 va 3-bosqich talabalaridan iborat 40 nafardan ortiq ishtirokchini jamladi.
Tanlov davomida ishtirokchilar arab tilida ma’ruzalar qildilar. Talabalarning chiqishlari malakali hakamlar hay’ati tomonidan nutqning ravonligi, ma’ruzaning mazmundorligi va talaffuz kabi mezonlar asosida baholandi.
Tadbirda hakamlar hay’ati sifatida arab tili sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar – Lutfiddin Xo‘jayev, Baxtiyor Irisov va Mohira Hoshimova ishtirok etib, talabalarning chiqishlariga munosib baho berdilar.
Ushbu tadbir talabalarning arab tilidagi nutq madaniyatini yuksaltirish hamda xorijiy tilda omma oldida so‘zlash ko‘nikmalarini takomillashtirish maqsadida o‘tkazildi.




