
JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlarini ingliz tili dars jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlarini ingliz tili dars jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

2026-yil 2-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ingliz tili kafedrasi tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM/SDG) ingliz tili o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish amaliyoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, ingliz tili darslari, sinfdan tashqari faoliyat hamda mustaqil ta’lim jarayonida SDG mavzularini integratsiya qilish bo‘yicha o‘z amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Taqdimotlar davomida loyiha asosida o‘qitish (PBL), rolli o‘yinlar, simulyatsiya mashg‘ulotlari hamda interdisciplinar yondashuvlar keng yoritildi. Ishtirokchilar SDGni ingliz tili ta’limi bilan bog‘lash orqali talabalarida tanqidiy fikrlash, kommunikativ kompetensiya va global dunyoqarashni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, SDG mavzularini milliy kontekstga moslashtirish va innovatsion metodlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida materiallar asosida metodik qo‘llanma tayyorlanishi rejalashtirilgan.




