“Qashshoqlikdan halos bo‘lish – Si Szinping raisligidagi Xitoy tajribasi” mavzusida ochiq davra suhbati tashkil etildi

    2026-yil 24-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 3-bosqich Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari ishtirokidaQashshoqlikdan halos bolishSi Szinping raisligidagi Xitoy tajribasimavzusida ochiq davra suhbati bolib otdi. Mazkur tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilganBarqaror rivojlanish maqsadlari”, xususan, birinchi maqsadota qashshoqlikka barham berish masalasiga bagishlandi.

    Tadbir Sharq tillari kafedrasi oqituvchilari J. Vahobov va M. Umarxodjayeva tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Xitoy Xalq Respublikasining songgi yillarda kambagallikka qarshi kurashish borasida amalga oshirgan kompleks siyosiy-iqtisodiy islohotlari, ularning institutsional asoslari hamda erishilgan natijalari atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, mazkur tajribaning xalqaro ahamiyati va rivojlanayotgan davlatlar uchun amaliy jihatlari muhokama etildi.

    Davra suhbati davomida Xitoy tajribasi Ozbekiston Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, umumiy va farqli jihatlar ilmiy asosda yoritildi.

    Tadbir interaktiv formatda tashkil etilib, talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi. Ochiq muloqot va savol-javoblar orqali ishtirokchilarning tanqidiy fikrlash, tahlil qilish hamda mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalari rivojlantirildi.

    Shu bilan birga, mashg‘ulot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar qo‘llanilib, mavzuga oid asosiy tushunchalar xitoy tilida izohlandi hamda interaktiv metodlar asosida bilimlarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

    Mazkur ochiq davra suhbati talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tahlil bilan uyg‘unlashtirish, ularning global ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish hamda xalqaro tajribani chuqurroq anglashlariga xizmat qildi.