JIDUda mehnat nizolarini hal etish masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 16-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) “Mehnat nizolarini hal qilish: nazariya va amaliyot” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjuman universitetning “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Konferensiya gibrid (onlayn va oflayn) formatda o‘tkazilib, unda yetakchi olimlar, amaliyotchi yuristlar, sudyalar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

    Tadbirning asosiy maqsadi - mehnat nizolarini hal etish sohasidagi nazariy va amaliy muammolarni chuqur tahlil qilish, xodimlar hamda ish beruvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirishdir. Shuningdek, milliy qonunchilikdagi mavjud bo‘shliqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

    Konferensiya davomida sud amaliyoti va ilmiy yondashuvning uyg‘unligi ta’minlanib, nazariya va amaliyot o‘rtasida samarali muloqot maydoni yaratildi. Ma’ruzachilar tomonidan bildirilgan takliflar mehnat huquqi sohasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

    Shu bilan birga, anjuman turli tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun o‘zaro tajriba almashish imkonini beruvchi muhim platforma vazifasini o‘tadi.