JIDUda “Xalqaro tashkilotlar javobgarligi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

JIDUda “Xalqaro tashkilotlar javobgarligi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro tashkilotlar javobgarligi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    JIDUda “Xalqaro tashkilotlar javobgarligi” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 1-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 3-bosqich talabalari uchun “Xalqaro tashkilotlar huquqi” fani doirasida Toshkent shahridagi “Sarbon” universiteti professori, yuridik fanlar doktori Hakimov Ravshan Tulkunovich ishtirokida “Xalqaro tashkilotlar javobgarligi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Tadbir doirasida xalqaro tashkilotlar javobgarligi institutining mazmun-mohiyati ilmiy nuqtai nazardan yoritilib, uning yuzaga kelish asoslari, shakllari va amalga oshirish mexanizmlari tahlil qilindi. Xususan, xalqaro-huquqiy majburiyatlarni buzish natijasida kelib chiqadigan javobgarlikning o‘ziga xos xususiyatlari va uning davlatlar javobgarligidan farqli jihatlari ochib berildi.

    Shuningdek,  amaliyotda uchraydigan dolzarb muammolar, jumladan, xalqaro tashkilotlar immuniteti va ularning javobgarligi o‘rtasidagi muvozanat, tinchlikparvarlik operatsiyalari doirasida yuzaga keladigan huquqiy ziddiyatlar hamda javobgarlikni xalqaro tashkilot va uning a’zo davlatlari o‘rtasida taqsimlash masalalari ilmiy tahlil qilindi.

    Talabalar tomonidan berilgan savollarga professor tomonidan batafsil javoblar berildi, bu esa muloqotni yanada mazmunli va qiziqarli qildi. Ushbu mahorat darsi talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda xalqaro huquq sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan kengroq tasavvur hosil qilishga xizmat qildi.