
Etnomediatsiya bo‘yicha mahorat darsi
Etnomediatsiya bo‘yicha mahorat darsi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Respublika Mediatsiya Kengashi raisi va L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo universiteti (Qozog'iston) tadqiqotchisi, ekspert Sherzod Abbozovich Po'latov tomonidan "Etnomediatsiya: Qozog'iston va O'zbekiston tajribasi tahlili" mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi. Dars Xalqaro arbitraj va nizolarni hal etish mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan edi. Ushbu tadbir Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq kafedrasi, xususan, Sherzodbek Masadikov va Alisher Bobonazarov tomonidan tashkil etildi.
Qozog'istondagi mavjud mediatsiya muvofiqlashtirish tashkilotlari " Қоғамдық Келісім " va barcha viloyatlarda tashkil etilgan "Do'stlik uylari"dagi mediatsiya xonalarining ahamiyati muhokama qilindi. Shuningdek, mediatsiya hozirda Qozog'iston Respublikasida nizolarni hal qilish usuli sifatida keng qo'llanilayotgani va maktab mediatsiyasi, tibbiyotda mediatsiya va harbiy sohada mediatsiya kabi turli xil turlari mavjudligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, uchrashuvda etnomediatsiya tasnifi va uning millatlararo nizolarni hal qilishdagi ahamiyati tahlil qilindi.
Ushbu mahorat darsi magistratura talabalari uchun nizolarni hal qilishning bir turi bo'lgan etnomediatsiya sohasida tegishli ixtisoslashgan bilimlarni egallashlari uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday tadbirlar talabalarning nizolarni muqobil hal qilish sohasida tegishli bilim va ko'nikmalarni egallashlari uchun muhimdir.
Ushbu seminar BMTning 16-Barqaror rivojlanish maqsadi "Tinchlik, adolat va kuchli institutlar", xususan, qonun ustuvorligi va adolatni ta'minlashga qaratilgan 16.3-bandni, shuningdek, fan, texnologiya va innovatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni kengaytirishni nazarda tutuvchi 17.6-bandni amalga oshirishga hissa qo'shadi.



