Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bayram sayli bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bayram sayli bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bayram sayli bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” bayram sayli bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 25-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida umumxalq bayrami — Navro‘z munosabati bilan “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

    Mazkur tadbirda Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirgiziston, Turkiya davlatlari Favqulodda va Muxtor elchilari, Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati vakillari, universitet professor-oqituvchilari, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

    Bayram dasturi tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Tadbir davlat madhiyasining ijrosi bilan ochilib, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, universitet rektori Sodiq Safoyevning tabrik so‘zi bilan davom etdi.

    Rektor o‘z nutqida Navro‘z bayramining tarixiy va ma’naviy ahamiyatiga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi:

    “Navro‘z — bu nafaqat qadimiy bayram, balki xalqlarimizni birlashtiruvchi, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlovchi bebaho qadriyatdir. Bugungi tadbir Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy yaqinlik va o‘zaro hurmatning yorqin ifodasidir.”

    Shundan so‘ng turli davlatlarning boy madaniy merosini aks ettiruvchi chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, Ozarbayjonning “Kos-kosa” xalq o‘yini, Turkmaniston milliy qo‘shig‘i, Qozog‘istonning dombra kuylaridan namunalar, Tojikistonning “Gul sayli” an’analari va milliy raqslari, Qirg‘izistonning ko‘chmanchi madaniyatiga oid chiqishlari hamda Turkiyaning “Nevruz” marosim an’analari sahnalashtirildi. Shuningdek, O‘zbekistonning milliy lapar va jonli ijro dasturi tadbirga alohida ruh bag‘ishladi.

    Tadbirning yakuniy qismida universitet hududida bayram sayli tashkil etilib, mehmonlar uchun milliy taomlar, madaniy ko‘rgazmalar va interaktiv dasturlar taqdim etildi.

    Mazkur bayram tadbiri Navro‘zning asosiy qadriyatlari — do‘stlik, hamjihatlik, madaniy xilma-xillik va o‘zaro hurmatni yana bir bor namoyon etdi.