
Mudofaa vazirligi JIDU professorining ijtimoiy-siyosiy muloqotga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi
Mudofaa vazirligi JIDU professorining ijtimoiy-siyosiy muloqotga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi

Joriy yilning 20-yanvar kuni Mudofaa vazirligi markaziy apparatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrda Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomaning mazmun-mohiyatini hamda “O‘zbekiston — 2030” harakatlar strategiyasining yangi tahrirdagi loyihasini o‘rganishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori Qodir Jo‘rayev mavzuga oid ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ushbu tadbir yakunida Mudofaa vazirligi tomonidan JIDU professoriga minnatdorlik bildirildi.
Tashakkurnoma Mudofaa vazirligi markaziy apparati xodimlari bilan ushbu davra suhbatida faol ishtirok etganligi uchun taqdim etildi.
Bunday ochiq muloqot va ilmiy-analitik ishtirok davlat boshqaruvida samaradorlikni kuchaytirish, fuqarolik madaniyatini rivojlantirish hamda institutlar barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bu jihatlar barqaror rivojlanish kun tartibi (ЦУР/SDG)dagi ijtimoiy mas’uliyat, hamkorlik va kuchli institutlar yo‘nalishlari bilan uyg‘un hisoblanadi.



