
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchilari ishtirokida JIDU Akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchilari ishtirokida JIDU Akademik litsey o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi B.Ashrafxonov, Shvetsiya Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi R.Nurimbetov, Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi K.Gadoyev, Qirgʻiziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi S.Niyazxodjayevlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tajribali diplomatlar tomonidan zamonaviy xalqaro munosabatlar, samarali diplomatiyaning tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdagi oʻrni, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hamda elchilik faoliyatining amaliy jihatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Elchilar oʻzlarining koʻp yillik kasbiy tajribalariga tayangan holda diplomatik muzokaralar, xalqaro hamkorlik, madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi muhim jihatlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 sonli qaroriga muvofiq Akademik litseyning 5 nafar o‘quvchisi Asosiy fan olimpiadasining III (Toshkent shahar) bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagani uchun «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi bilan taqdirlandi hamda o‘z mukofotlarini faxriy mehmonlar qoʻlidan oldi.




