
JIDUda “Raqamlashgan asrda xalqaro huquq” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi
JIDUda “Raqamlashgan asrda xalqaro huquq” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 17-noyabr kuni, Darya Odilovna Abdalimova, OKMK AJ yuridik bo‘limi boshlig‘i, Toshkentdagi Inha universitetining yuristi hamda axborotlashtirish sohasida tegishli davlat tashkilotlarida katta ish tajribasiga ega ekspert tomonidan “Xalqaro huquqning dolzarb masalalari” fani doirasida magistratura mutaxassisligi talabalari uchun “Raqamlashgan asrda xalqaro huquq” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
Uchrashuvda “Xalqaro huquq” fakulteti professor-o‘qituvchilari, yuridik fanlar doktori professor N.A.Nugmanov ishtirok etishdi.
Ma’ruza davomida ekspert tomonidan Raqamlashtirish bilan bog‘liq global muammolarni hal qilishning xalqaro-huquqiy jihatlari, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish, turli sohalarda raqamli makon va sun’iy intellektni tartibga solish uchun Global Raqamli Konvensiya, shuningdek, raqamli vositalardan foydalanishning xorijiy va milliy tartibga solish masalalari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Ekspert tomonidan Raqamlashtirish 2030-yilgi kun tartibiga erishishni tezlashtirishi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi sohalarda yordam berishi mumkinligiga to‘xtalib o‘tildi. Raqamli texnologiyalardan foydalanish axborotning o‘z vaqtida taqdim etilishini, kirish imkoniyatini va xavfsizligini oshirishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida magistrantlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasining huquq sohasida raqamlashtirish siyosatining xalqaro-huquqiy jarayonlari to‘g‘risida talabalar bilan fikr almashinildi.




