
JIDUda “Xalqaro ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Xalqaro ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro ma’rifat va millatlararo bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, turli fakultetlardan talaba-yoshlar hamda mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda tinchlik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, talabalarda madaniy xilma-xillikka nisbatan hurmat va tushuncha uyg‘otishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida 10 ta davlat vakillari bo‘lgan talabalar o‘z mamlakatlarining milliy kiyimlari, raqslari, kuy-qo‘shiqlari va milliy taomlarini namoyish qildilar. Har bir davlatning madaniy chiqishlari o‘ziga xosligi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini yorqin aks ettirgan holda tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Tadbir yakunida universitet rahbariyati tomonidan talabalarning faolligi va bunday tashabbuslarning tinchlik, do‘stlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashdagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.




