JIDUda Irqiy kamsitilishning barcha turlariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyaning 60-yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 27-noyabr kuni (2025-y.) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaning 60 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) devoni xodimlari, boshqa davlat idoralari vakillari, ekspertlar hamda talabalar ishtirok etdi.

    Davra suhbati davomida Konvensiyaning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi tarixi, uning global ahamiyati hamda milliy qonunchilikdagi o‘rni kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Irqiy kamsitishga qarshi kurashishda ta’limiy va madaniy dasturlarning roli, shuningdek, yosh avlodda huquqiy ongni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Ishtirokchilar Konvensiyaning xalqaro va milliy ahamiyati, uni tatbiq etish mexanizmlari hamda irqiy tenglikni, jumladan, ma’rifiy tashabbuslar orqali ta’minlashga doir amaliy yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar. Munozaralar chog‘ida yoshlar o‘rtasida bag‘rikenglik va inson huquqlariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash muhimligi alohida ta’kidlandi.

    Tadbir yakunida ilmiy-tadqiqot va akademik hamkorlik inson huquqlarini himoya qilish, millatlararo totuvlik va ijtimoiy adolatni mustahkamlash, shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning huquqiy savodxonligini oshirishda muhim vosita bo‘lib qolayotgani qayd etildi.

    Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga, birinchi navbatda, 16-BRM “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” (inson huquqlarini ilgari surish va kamsitmaslik), 10-BRM “Tengsizlikni kamaytirish” (tenglik va inklyuzivlik tamoyillarini mustahkamlash), shuningdek, 4-BRM “Sifatli ta’lim” (yoshlarning huquqiy madaniyati va ma’rifatini rivojlantirish) maqsadlariga mos keladi.

    Bundan tashqari, Konvensiyaning 60 yilligi sharafiga talabalar o‘rtasida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkazildi. Unda JIDU 3-bosqich talabasi Anvarova Mohlaroyim Hosiljon qizi g‘olib deb topilib, tadbir doirasida taqdirlandi.