Italiyalik mutaxassis tomonidan raqamli marketing mavzusida onlayn ma’ruza tashkil etildi

    Joriy yilning 21-noyabr kuni Italiyalik raqamli marketing bo‘yicha menejer Serena Pasqualetto JIDU talabalari uchun “Raqamli aloqaning samaradorligini baholash: jalb etishdan natijagacha” mavzusida onlayn ma’ruza o‘tkazdi.

    Ma’ruza davomida talabalar raqamli kommunikatsiyaning samaradorligini baholash usullari bilan tanishdilar. Serena Pasqualetto jalb etish (engagement) va unumdorlik (performance) ko‘rsatkichlari nimani anglatishi, ular qanday o‘lchanishi va ularning nima uchun marketing jarayonida muhim ekani, ma’lumot yig‘ish va kuzatish vositalari, marketing kompaniyalarida tahlillardan samarali foydalanish kabi mavzularni keng yoritib berdi.

    Shuningdek, maruzachi Yevropa bozorlarida amalga oshirilgan mavjud loyihalar misolida raqamli marketing strategiyalarining qo‘llanilishi va natijalari haqida ma’lumot berdi. Talabalar raqamli kommunikatsiya jarayonida qanday xulosalar chiqarish va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha foydali bilimlar oldilar.

    Ma’ruza yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘lishdi. Serena Pasqualetto ularning har biriga batafsil, amaliy tajribaga asoslangan javoblar berib, mavzuning yanada chuqurroq anglanishiga hissa qo‘shdi.