JIDU talabalari tomonidan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida 101-sonli maktab-internatida “SDG Awareness Day” tadbiri o‘tkazildi

    2025-yil 20-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti 2-kurs talabalari Xalqaro munosabatlar kafedrasi dotsenti v.b. A.M. Rajabova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida 101-sonli maktab-internatda “SDG Awareness Day” tadbirini o‘tkazdilar. Mazkur tashabbus “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish haftaligi” doirasida amalga oshirildi.

    Tadbirda 10-11-sinf o‘quvchilari faol qatnashdilar. Uchrashuv davomida ularga Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Interaktiv va ijodiy topshiriqlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini va faolligini oshirishga ko‘maklashdi. Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

    Loyiha JIDU 2-kurs talabalari - Asqarova Asel, Mirzabekova Ruxsora va Amangeldiyeva Dinaraning tashabbusi bilan ishlab chiqildi va muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ularning faol ishtiroki tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishida hal qiluvchi omil bo‘ldi.