Rektor stipendiyasi
Rektor stipendiyasi akademik mukammallik, ilmiy salohiyat va universitet hayotida faol ishtirokini namoyon etayotgan iqtidorli talabalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan universitetning muhim ichki rag‘batlantirish mexanizmlaridan biridir.

Huquqiy asos
Nomzodlarga talablar
Talabalar quyidagi talablarga javob bergan taqdirda Rektor stipendiyasiga hujjat topshirishlari mumkin:
- JIDUning 1-, 2- yoki 3-kurs talabasi bo‘lishi;
- universitetda kamida ikki semestr davomida tahsil olgan bo‘lishi;
- oxirgi ikki semestr yakuniga ko‘ra o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi GPA 4.8 va undan yuqori bo‘lishi;
- kamida bitta ilmiy maqola, ikkita tezis yoki boshqa ilmiy yoxud ijodiy faoliyat natijalariga ega bo‘lishi;
- xorijiy tilni kamida C1 darajasida bilishi yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi;
- universitet hayotida faol ishtirok etishi, yetakchilik va tashabbuskorlik ko‘nikmalarini namoyon etishi;
- hujjat topshirish vaqtida akademik qarzdorligi bo‘lmasligi;
- oxirgi ikki semestr davomida birorta fandan qayta topshirishi bo‘lmasligi.
Stipendiya kvotalari
Baholash mezonlari
Nomzodlar 100 ballik shkala bo‘yicha baholanadi.
| Mezon | Maksimal ball | Baholash usuli |
|---|---|---|
| Akademik ko‘rsatkich / GPA | 20 | Oxirgi ikki semestrning o‘rtacha GPA ko‘rsatkichi asosida |
| Markazlashtirilgan test sinovi | 40 | To‘g‘ri javoblar foiziga mutanosib ravishda |
| Ilmiy salohiyat | 25 | Maqolalar, tezislar, ixtirolar va boshqa ilmiy faoliyat natijalarining darajasi va ahamiyati asosida |
| Ijtimoiy faollik va yutuqlar | 15 | Sertifikatlar, diplomlar, yetakchilik faoliyati, volontyorlik va ijtimoiy loyihalardagi ishtirok asosida |
| Jami | 100 |
Tanlov jarayoni
Stipendiya tanlov asosida tayinlanadi.
Zarur hujjatlar
Saralangan nomzodlar universitetning raqamli platformasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- HEMIS tizimidagi akademik transkript;
- fakultet dekani tavsifnomasi;
- kafedra mudiri yoki ilmiy rahbarning tavsiyanomasi;
- ilmiy ishlar ro‘yxati, annotatsiyasi va nusxalari;
- ijtimoiy faollik va yutuqlarni tasdiqlovchi sertifikatlar hamda diplomlar.
Stipendiya miqdori va to‘lovi
Rektor stipendiyasi bir o‘quv yili davomida, sentyabrdan iyungacha to‘lanadi.
Stipendiya miqdori amaldagi bazaviy stipendiya miqdorining uch baravari etib belgilanadi.
Talaba akademik intizom, ilmiy etika yoki xulq-atvor qoidalarini buzgan taqdirda, shuningdek joriy o‘quv yili davomida akademik o‘zlashtirishi pasaygan holatda stipendiyadan mahrum etilishi mumkin.
Apellyatsiya tartibi
Nomzodlar saralash natijalari, test sinovlari natijalari yoki Komissiya qarori e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida apellyatsiya arizasini berishlari mumkin.
Apellyatsiya arizasi Yoshlar ishlari ofisiga elektron yoki yozma shaklda taqdim etiladi.
Apellyatsiyalar maxsus tuzilgan ishchi guruh tomonidan uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Asosiy hujjat topshirish jarayonida taqdim etilmagan yangi hujjatlar apellyatsiya bosqichida qabul qilinmaydi.
Mas’ul bo‘linmalar
Teng imkoniyatlar va inklyuziv ta’lim
JIDU Rektor stipendiyasini tayinlash jarayonida nogironligi bo‘lgan hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega iqtidorli talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratadi.
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalarga moslashtirilgan baholash sharoitlari, jumladan test sinovlari vaqtida qo‘shimcha vaqt hamda zarur texnik yordam taqdim etilishi mumkin.
Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega talabalar uchun universitet miqyosida alohida kvota ajratiladi.
Rektor stipendiyasi sovrindorlari
JIDU akademik mukammallik, ilmiy salohiyat, yetakchilik va universitet hayotiga faol hissa qo‘shgani uchun Rektor stipendiyasini olgan talabalarni e’zozlaydi.